23-aprel kuni poytaxtimizdagi "Istiqlol” san`at saroyida mashhur "Modern Talking” guruhi honandasi Tomas Anders o`zining konsert dasturini namoyish etadi. Konsertda honanda 80-yillar hitlari bilan bir qatorda o`zining yangi qo`shiqlarini ham muxlislariga taqdim etishni mo`ljallagan. Eslatib o`tamiz, bu honandaning yurtimizga ikkinchi marotaba tashrifidir. U ilk marotaba 2006-yilda Toshkentda konsert uyushtirgan edi. Tomas Anders 25 yildan ortiq vaqt mobaynida muxlislar e`tibori ostida. U hozirga qadar honanda, prodyusser hatto kino aktyor sifatida ham faoliyat yuritgan. "Modern Talking” qo`shiqlarini esa hozir ham sevib tinglashadi. Guruh 3 yil faoliyat yuritganligiga qaramasdan 60 milliondan ortiq disk sotilgan. Ularning disklari 40 marta platina, 200 martadan ortiq esa oltin disk deb ta`n olingan.
|