O`tgan haftada narkotik moddalar iste`moli va saqlaganligi tufayli qamoqqa olingan mashhur turk honandasi Tarkan kecha ozod etildi. Tarkanni Beshiktosh tuman prokurori so`roq qildi va uni ozod etdi. Bunga uning o`z aybini ta`n olganligi sabab bo`ldi. Qo`shiqchi 6 yildan beri narkotik moddalar iste`mol qilishi va ayni damda antinarkotik terapiya olishi niyatida ekanligini bayon etdi.
|