Shou-biznes olamining yorqin ijodkorlari Oybek va Nigora shu kunlarda yangi qo'shiqlar ustida ishlash bilan ovora. Shuningdek, kuni kecha "Afsus bilmaysan" taronasi uchun klip suratga olish ishlarini yakunladi...
Klipda Oybek jahon shou-biznesining nomdor vakillaridan biri Elvis Presliy qiyofasida bo'lsa, Nigora Merlin Monro ko'rinishida namoyon bo'ladi. Shuningdek, "Charli chaplin", "Maska", "O'rgimchak odam" kabi qahramonlarni ham ko'rish mumkin. Eslatib o'tamiz, Oybek va Nigoraning "Afsus bilmaysan" taronasining so'zi va musiqasi Shahnozga tegishli. Klipni esa "Creative" studiyasi suratga olgan. Tez orada portalimiz orqali "Afsus bilmaysan" taronasi uchun ishlangan klipni ko'chirib olish imkoniyatini taqdim qilamiz. Unga qadar esa suratga olish jarayonidan ekzklyuziv fotosuratlarni havola qilamiz.
|