France Football nashri eng qimmat futbolchi va murabbiylar ro`yhatini e`lon qildi. Ma`lumotlarga ko`ra hozirgi kunda eng ko`p maosh oladigan futbolchi "Barselona” jamoasi forvardi Argentinalik Lionel Messidir. U yiliga 33 million yevro maosh oladi. "Los Anjelos Gelaksi” jamoasi yarim himoyachisi Devid Bekxem yillik 30.4 million yevro maosh bilan ikkinchi o`ringa loyiq topilgan. "Inter” jamoasi murabbiyi Joze Maurinio yiliga 13 million yevro maosh olar ekan. Bu murabbiylar orasida eng yuqori ko`rsatkichdir.
|