Lady Gaga internet tarmog`i orqali kliplari milliard martadan ortiq tomosha qilingan ilk ayol honanda bo`ldi. Bu ko`rsatkichga u uchta klipining umumiy yig`indisi bilan erishgan. Ular "Just Dance” (272 941 674 marta ko`rildi), "Poker Face” (374 606 128 marta ko`rildi) va "Bad Romance” (360 020 327 marta ko`rildi) kliplaridir.
Har uchchala klip ham 100-millionlar klubiga kiritilgan. Bu klubda hozirgi kunda Soulja Boyning "Crank Dat” klipi yetakchilik qilmoqda. Uni bugungi kunga qadar 722 million marta tomosha qilishgan.
Reytingda nafaqat kliplar, balki filmlardan parchalar, turli roliklar ham ishtirok etadi. Masalan 28-o`rinni Evolution Of Dance roligi egallagan.