Kajol yangi filmda suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. U 2010-yilning 9-aprelida kinoijaraga chiqishi mo`ljallangan Gollivudning "Ahmoqona uchrashuv” filmining hindcha talqinida suratga tushadi. Filmda u turmush o`rtog`i Ajay Devgan bilan juftlikda o`ynaydi. Har ikki filmga ham Gollivudning "20th Century Fox” kompaniyasi prodyusserlik qilmoqda. Eslatib o`tamiz, kompaniya yaqinda ijaraga chiqarilgan "Mening ismim - Xon” filmiga ham prodyusserlik qilgan edi. Suratga olish ishlari biroz orqaga suriladigan bo`ldi. Bunga sabab Kajolning homiladorligidir. Film Kajol ona bo`lganidan keyingina suratga olina boshlaydi.
|