JARda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatini ochilish marosimida ishtirok etadigan san`atkorlar ma`lum qilindi. Sahnaga mahalliy yulduzlar bilan birgalikda jahon musiqasi namoyondalari ham ko`tarilishadi. Unda Shakira, Alisha Kis, Black Eyed Peas guruhi, R&B yo`nalishi ijrochisi Jon Lejend kelishi mo`ljallangan. Shuningdek Yohannesburgning BLK JKS guruhi va The Parlotones guruhi ishtiroki ham ko`zda tutilgan. FIFA bosh kotibi Jerom Valk "Biz ochilish marosimiga jahon musiqasida o`z o`rniga ega bo`lgan san`atkorlarni yig`moqchimiz. Bunga sabab esa musiqa va futbolni uzviy bog`liqligini isbotlashdir”, - deya ta`kidladi. Eslatib o`tamiz, futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionati shu yilning 11-iyunidan 11-iyuligacha Janubiy Afrika Respublikasida bo`lib o`tadi. Bu Afrika qit`asida o`tayotgan ilk chempionatligi bilan ham ahamiyatga ega.
|