Jum´a Kuni Duosi !
Hamd bo`lsin Xudogaki, har bir tirik jondan va har qanday yaratilgan narsalardan avvaldir, va har bir o`tkinchi foniy narsadan oxirdir. U shunday dono zotdirki, uning zikrini qiluvchilarni hech qachon unutmaydi, shukur qiluvchilarini kam qilib qo`ymas, duo qilganlarni esa tashlab qo`ymas, Unga umid bilan ko`z tutganlarni noumid qilib qo`ymas.
Allohim Seni guvoh qilib olurmanki, Sening guvohliging kifoyat qiladi, va jami farishtalarni, osmonlarda yashovchilarni, Arshingni ko`tarib turuvchilarni, jamiki anbiyo va rasullaringni guvoh qilib olurman va guvohlik berurmanki Sendan o`zga iloh yo`q, Seniing sheriging yo`q, Seninig aytganlaringga xilof va o`zgartirish yo`qdir, shuningdek Muhammad sollallohu alayhi va Olihi Sening bandang va rasulingdir, u o`z zimmasidagi Sen yuklagan majburiyatingni o`tadi, Sening yo`lingda kurashdi, savobli ishlarning ajri xushxabarini yetkazdi, gunoh ishlarning og`ir oqibatlari haqida ogohlantirdi.
Allohim, to tirik ekanman, diningda barqaror qil, O`zing meni hidoyat qilganingdan keyin yana gumroh qilib qo`ymagin, o`z dargohingdan rahmat ato et, albatta Sen ato qilguvchisan! Hazrat Muhammad va Oli Muhammadga salomlaring bo`lsin, meni esa ul zotga ergashuvchilardan va tarafdorlaridan qilgin.
Qiyomatda esa ularning guruhida tiriltirgin. Jum`a namozini ado etishimga, shu kuni buyurilgan boshqa vazifalarni ham bajarishimga muyassar ayla, va ularni ado etuvchilarga beradigan ajringni menga ham nasib et, o`zing hikmat va izzat egasidursan!