Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.
Imom Ismoil al-Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" asarlaridan olindi. Ushbu hadis Allohning bandalariga sevgisini ifodaylaydigan hadis bo`lib, agar Alloh birovni sevsa,
uni hamma uchun sevikli qilib qo`yishi haqida gap borayapti. Agar insonlar o`rtasida sevgi
shunday bo`lsa butun dunyo ahlida bir-biriga muhabbat paydo bo`ladi.