1912-yilning 15-apreli jahon tarixida XX
asrdagi eng katta dengiz fojiasi bilan iz qoldirgan. Shu kuni Atlantika
okeani bo`ylab, Angliyaning Sauntgempton shahridan Nyu-Yorkka qarab
yo`l olgan "Titanik” kemasi bahaybat aysberg bilan to`qnashdi va
butunlay cho`kib ketdi. Bu haqda o`nlab kitoblar yozilgan, filmlar
ishlangan.
Ma`lumotlarga ko`ra mazkur fojiada 1400
dan 1517 tagacha odan halok bo`lgan. Qutqarilganlar esa ularning
yarmidan ham kam – 700 ga yaqin kishi bo`lgan. O`sha kuni butun ekipaj
a`zolari ham kemaga qo`shilib suv ostiga g`arq bo`lishdi.
"Titanik” kemasi juda katta o`lchamlarga
va go`zal ko`rinishga ega bo`lib, 1912-yilda "Uayt Star Layn”
kompaniyasi buyurtmasi asosida qurilgan edi. Uning uzunligi o`sha
paytlardagi gazeta ma`lumotlariga ko`ra shaharning uchta kvartali
uzunligiga teng bo`lgan. Dvigatel balandligi uch qavatli uy balandligi
bilan barobar edi. "Titanik” uchun langarni Belfast shahrining 20 ta eng
kuchli oti tortib kelgan edi.
"Uayt Star Layn” kompaniyasi kemani
to`liq havfsiz deya baholashgan va yo`lovchilarni ham bunga
ishontirishgan edi. Biroq, bir necha oy o`tib u birinchi safardayoq
aysberg bilan to`qnashdi va ...