- Kim oshdi savdosida Shvetsiyalik bir kishi NapoleonBanopartning shaxmatini juda qimmat narxda sotib oldi. Kunlarning birida u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini sezib qoladi. Ma`lum bo`lishicha, 1816-yili Napoleonning do`stlaridan biri u jazo muddatini o`tayotgan muqaddas Yelena oroliga shaxmat yuboradi. Afsuski, Banopart shaxmat donasidagi maktubni faxmlamay, qochish rejasidan bexabar qolgan. - Napoleon o`ta tez o`qish xususiyatiga ega ekanligini hamma ham bilavermasa kerak. Ma`lum bo`lishicha u bir daqiqada 2000 dan ortiq so`zni mutolaa qilolgan ekan. - Napoleon ham ijod bilan shug`ullangan. Uning qalamiga mansub bizgacha yetib kelgan "Klisson va Ejeni” romani fikrimiz isbotidir. Roman 1795-yilda yozilgan bo`lib, u ko`proq tarjimai holga o`xshab ketadi. Asarning o`rtasidagi sahifalari uzoq yillar noma`lum bo`lib keldi. Nihoyat 1970-yilga kelib, o`sha sahifalar ham topildi va roman to`liq holga keltirildi.