БУГУНГА ЎТАР КЕЧАСИ, ТАХМИНАН 24.00 ДАН ЎТИБ, ЁШЛАРНИНГ ОРАСИДА "РАДИУС 21" ТАХАЛЛУСИ БИЛАН ТАНИЛГАН ХОНАНДА ВА БАСТАКОР ШАҲЗОД АВТОҲАЛОКАТГА УЧРАБ, БЕВАҚТ ОЛАМДАН КЎЗ ЮМДИ!
Марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига унинг барча мухлислари, сайтимиз жамоаси ва ўқувчилари номидан чуқур таъзия изҳор этамиз. У қисқа умри давомида яратган ўзига хос қўшиқлар ўз тингловчилари қалбида бир умр муҳрланажак!
(Эслатиб ўтамиз, "Радиус 21"нинг "Қора бумер", "Дубай", "Тунги капалак", каби қўшиқлари ҳамда "Унутолмадим" (Зиёда билан), "Шекспир монологи" (Нигора билан), "Сени севаман" (Зебо билан) каби бир неча дуэтлари оммалашган.)
11 sentyabrdan 12 sentyabrga o'tar kechasi Shahzod G'ulomov ("Radius 21"), onasi, singlisi, turmush o`rtog`i hamda 3 oylik o'g'il farzandi bilan avtohalokatga uchragan. Bo'ka shahri yaqinida sodir bo'lgan ushbu mudhish halokat joyining o`zidayoq Shahzod("Radius 21") vafot etgan. Mashinada bo'lgan barcha oila a'zolari shikastlangan. 3 oylik chaqaloq esa og`ir ahvolda. U hozirda Toshkent shahridagi 16-shifoxonaning jonlantirish bo'limida. Voqea joyiga birinchi bo`lib klipmeyker Yodgor Nosirov yetib borgan va chaqaloqni shifoxonaga yetkazishda yordam bergan. Bugun xonandani so`nggi yo`lga kuzatdilar. Biz portalimiz jamoasi va Shahzod G'ulomovning barcha muxlislari nomidan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qilamiz. Shahzodni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin!