Albatta, Adham Soliyevning bu qo`shig`i rosmana xitga aylanganiga tan bermay ilojimiz yo`q. Hattoki san`atkorlarning o`zi ham uni yodlab olishdi (bunaqasini umuman kutilmagan holat, negaki bir-birini raqib hisoblaydigan san`atkorlar hatto boshqa hamkasbining ismini aytishni ham xohlamaydi-da). Qaysi san`atkorga Adham haqida gap boshlaydigan bo`lsak, E Qashasdaryodan... deya kuylab, kuladi. Demak, Soliyev munosib xit bilan san`atdagi tanaffuslariga nuqta qo`ydi. Yaqindagina uning aynan "Laylo” nomli albomi chiqqani ham so`zimizning isboti. Agar u mana shu harakatchanlikni qo`ymasa, yil hisobotida "yilning eng xit qo`shiqchilari” safiga kirishi shubhasiz. Agar sekinlashsa, yana bilmadik. Ayni kunlarda xonanda yana bir yangi qo`shig`ini taqdim etish arafasida. Yaqin soatlarda bu yangilikni albatta taqdim etamiz. Bo`shashmang, Soliyev!
|