Sayt Menyu

Категории раздела
YANGILIK
SHOU-BIZNES
O'ZBEK KINO
HORIJ KINO
HIND KINO
HUJJATLI KINO
KINO YUKLASH
ENGLISH MOVIES
KONSERT
SERIAL
MULTFILM
TELE-TEATR
TV-ONLINE
RADIO-ONLINE
TV-SHOU
KLIP
MUSIC
KULGU
PROGRAMMA
MOBILE
SPORT
O'YIN
DIZAYN
ISLOM
KASHFIYOT
HAR-XIL

Поиск

Наш опрос
Sizning telefoniz qanday?
Всего ответов: 252

Статистика

Онлайн всего: 27
Гостей: 27
Пользователей: 0

Sayt Faoli


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Yangilik:2327



ShirinToY
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1200



ShumBola
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1100



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Yangilik:197



MasteR
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:120



Главная » 2010 » Август » 26 » "ANDIJONDA" CHEVROLET SPARK SOTUVGA CHIQDI!
19:36
"ANDIJONDA" CHEVROLET SPARK SOTUVGA CHIQDI!

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – mustaqillik kuni arafasida "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi "O‘zekspomarkaz”da Andijon viloyatining Asaka zavodida ishlab chiqarilgan yangi Chevrolet Spark avtomobilini keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Yangi avtomobil taqdimoti marosimida "GM Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Shuhrat Yusupov Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi va rahnamoligida tashkil etilgan mamlakatimiz avtosanoati iqtisodiyotimiz salohiyatining ramziga aylanganini ta’kidladi. Nufuzli kompaniyalar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishga asoslangan rivojlanish strategiyasi jahon standartlari darajasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda. Damas, Tico, Nexia avtomobillari O‘zbekiston avtosanoatining birinchi "qaldirg‘ochlari” bo‘lgan edi. Keyinchalik Matiz, Lacetti, yangi rusumdagi Damas, Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2008 yilda mamlakatimiz avtosanoati yangi hamkor va salohiyatli investor – General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi Asaka zavodida Chevrolet rusumidagi Lacetti, Captiva, Epica avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.  O‘zbekiston avtomobillari xorij bozorlaridan munosib o‘rin egallab, nafaqat yurtimizda, balki boshqa davlatlarda ham tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda va xaridorlar ishonchini qozonmoqda. Avtomobillarimiz keng tarmoqli dilerlik savdo korxonalari orqali Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Armaniston, Gruziya, Moldova kabi dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatlariga eksport qilinmoqda. MDHning 104 shahrida o‘zbek avtomobillarini sotish bo‘yicha dilerlik korxonalari faoliyat yuritmoqda. Shu yilning mayida Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida "GM Uzbekistan” distibyutorlik markazi ochildi. U yerda mijozlarga Asakada ishlab chiqarilgan avtomobillar taklif etilmoqda.  

Endi esa "GM Uzbekistan”ning yangi rusumdagi Chevrolet Spark avtomobili xaridorlarga taqdim etilmoqda. 2008 yilning sentabrida "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi va Janubiy Koreyaning General Motors Daewoo Auto and Technology kompaniyasi Spark avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun mashina va uskunalarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. 2009 yilning yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Asaka zavodida ushbu rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Spark mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan yettinchi rusumdagi avtomobildir. Asaka zavodida o‘rnatilgan yangi konveyer liniyasi yiliga 50 mingta Spark ishlab chiqarish quvvatiga ega.  "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va uning General Motors korporatsiyasidagi hamkorlari global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, iste’molchilarning mahsulot turlarini ko‘paytirish borasidagi talab va takliflarini inobatga olib, yangi rusumdagi ushbu avtomobilni ishlab chiqarishga qaror qildi.  

Chevrolet Spark – modernizatsiya qilingan eksteryer va interyerga ega zamonaviy avtomobil. U o‘zining qulay va bejirimligi, dizaynining o‘ziga xosligi bilan ham e’tiborni tortadi.  Chevrolet Spark xavfsizlik yostiqlari bilan jihozlangani va kuzovini tayyorlashda mustahkam po‘latdan foydalanilgani bois xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori bahoga loyiq topildi va EuroNCAP Yevropa standartlariga oid krash-sinovlarda to‘rt yulduzni qo‘lga kiritdi. Spark inglizchada "uchqun” ma’nosini anglatadi. "O‘zavtosanoat” kompaniyasi mutaxassislarining

Spark qulay va tejamkor mashinalarni xush ko‘radigan yoshlar orasida, ayniqsa, keng ommalashishiga ishonchi komil.  Taqdimot marosimida yangi avtomobil mamlakatimiz mustaqilligining 19 yilligiga avtosanoatchilarning munosib sovg‘asi bo‘lgani ta’kidlandi. Chevrolet Spark bugundan boshlab O‘zbekistonning barcha avtosalonlarida sotuvga qo‘yiladi.

Категория: YANGILIK | Просмотров: 866 | Добавил: admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Saytga Kirish
Salom, Гость!
21:42


FotoAlbum

Radio Online






Yangi Azolar

Maktab25
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



umid
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Jamesdaync
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Coreyken
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Календарь
«  Август 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Sayt Do'stlari





Faol Izohchi


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Izoh:93



Qushcha
Ball: 0
Jinsi: Ayol
Izoh:92



амаки
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:66



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Izoh:61



temyrjan
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:45




Copyright ©    "NODIRBEK"    2009-2024