Kino sanoati jadal rivojlangan sari unda ijod qilaёtgan ijodkorlarning
mas`uliyatini ham yanada ortishi turgan gap. Zamonamiz tomoshabinlari
ham endi anoiy emas, ularni oldi-qochdi lavhalar bilan aldab bo‘lmaydi.
O‘z vaqtida ko‘klarga ko‘tarilgan durona kino asarlarni ko‘p o‘tmay yer
bilan bir qilishi hech gap emas. Masalan, "Gladiator” filmida 124 ta,
"Titanik”da esa 187 ta , "Matritsa”da 149 ta xato qayd qilingan. Ha,
kinolar qanchalik dovruq qozonsa, xatolari ham shunga yarasha o‘sib
borarkan. Sababi oddiy, jiddiy filmlarni tomoshabin yanada jiddiy,
sinchkovlik bilan tomosha qiladi. Quyida o‘sha mashhur filmlarda qayd
qilingan xatolardan misollar keltiramiz.
"Titanik” filmida uchraydigan ba`zi xatoliklar
Kemaning
old qismi botayotgan mahalda chol bilan kampir yotoqxonada
qo‘lini-qo‘liga berib hayot bilan vidolashyapti, hatto tomoshabin
"Joyingiz jannatdan bo‘lsin» deb qo‘yadi achinganidan, lekin birozdan
keyin o‘sha "marhumlar» qayiqlarga minayotgan bo‘lishadi. Hayot baribir
shirin ekan-da, yoki bu rejissyorlarning xatosimi?
Jek (Leonardo
di Kaprio) va do‘sti kemaning oldida suzib borayotgan delfinlarni
tomosha qilib borishadi. Lekin bitta muammo. Ikki tomoni oq bo‘lgan bu
delfinlar faqatgina Tinch okeanida uchraydi. Atlantika okeaniga qandoq
kelib olishdi ekan, hayron qolasan.
Rouzning yoshligini
jonlantirgan aktrisaning ko‘zlari yashil, lekin uning keksaygan paytini
jonlantirgan kampirning ko‘zlari esa moviy. Tavba, odam qarigandan
so‘ng ko‘zining rangi ham o‘zgarar ekan-da.
Jek Rouzga sariq
qog’ozga yozilgan maktub beradi, ammo "falakning gardishi bilan” Rouz
xatni ochishi bilan qog’oz oq tusga kirib qoladi.
Diqqat bilan
tomosha qilgan tomoshabin Jekning restoranga kirganda oynali eshikka
qarab suratga olayotgan kamerachining aksini ko‘radi. Kamerachi ham bir
tarixda qolay, degan shekilli. Rouzning xonasida Pikasso
mo‘yqalamiga mansub "Les Madamoiselles D'Avignoin" kartinasi ko‘rinadi
va boshqa kuni shu asar muzeyda ko‘zga chalinadi. Lekin "Titanik”da na
Sezanno, na Pikasso, na Monening asari bo‘lgan. Bu asar muzeylarda
hozir ham savlat to‘kib turibdi. Rouz Jekka o‘zining portretini
chizgani uchun Ruzveltning surati tushirilgan 10 sent beradi, aslida
bunday tangalar 1946 yildan so‘ng ishlab chiqarilgan.
"Troya”ning tarixiy xatolari
Mashhur "Troya” filmida ham juda ko‘plab xatoliklar uchraydi. Ba`zilari esa quyidagicha:
Troya
qiroli Axilning chodirigi kirib ketgan bir mahalda tashqarida yomg’ir
yog’atgan bo‘ladi. Shu payt birdan kutilmagan voqelik sodir bo‘ladi.
Film ijodkorlaridan birining soyasi chodirga tushadi va asta-sekin
yo‘qoladi. Antik davrda yunon askarlarining hech birida mo‘ylov
bo‘lmagan, lekin Troya urushida qatnashgan jangchilar bu udumga o‘sha
davrdanoq bo‘ysunishgani qiziq. Gektor Troya urushi boshlanganini
xaloyiqqa xabar berayotgan paytda "Yashasin” nidolari eshitiladi. Biroq
odamlarga qarasangiz og’izlari qimirlamasdan kuzatayotganiligini
ko‘ramiz. Fonogramma o‘sha paytda ham bo‘lganmi, nima balo?!
Gektor
yarim tunda qochishga uringan Yelenani to‘xtatgan mahalda uning
ko‘zlari yig’layverganidan shishgan, ko‘z yoshlari yonoqlaridan oqardi.
Biroz o‘tgach, orqasiga qaraganida porlab turgan ko‘zlari bilan
boqayotgan, tog’rirog’i, boshqatdan pardoz-andoz qilgan Yelenani
ko‘ramiz. Ha, Yelena shunday xususiyatga ega ekan, shuning uchun uni
og’irlab kelishgan bo‘lsa kerak.
Bitta lavhada quyosh g’arbdan chiqadi, astag’firulloh.
Troyaliklar
qochayotgan mahalda lamalarni ko‘ramiz. Lekin lamalar faqat Lotin
Amerikasida uchraydi. Yoki Troya yaqinida hayvonot bog’i bormikan?!
|