Forbes jurnali e`lon qilgan jadvalga ko`ra eng ko`p gonorar olish
bo`yicha Anjelina Joli Gollivud aktrisalari ro`yhatiga peshqadamlik
qilmoqda. 2008-2009-yil davomida aktrisa 27 million dollar ishlab
topgan. Uning daromadining asosiy qismi Timur Bikmambetov tomonidan
suratga olingan “Havfli” filmi uchun qo`lga kiritilgan foizlar bo`ldi.
Shuningdek Anjelina hali ekranlarga chiqib ulgurmagam “Salt” filmi
uchun ham kattagina miqdorda gonorar qo`lga kiritgan. 25 million
dollar ishlab topgan Jenifer Eniston ro`yhatda ikkinchi o`rinni
egallagan. Bu pullarning asosiy qismini aktrisa “Marli va men”
komediyasidagi roli uchun qo`lga kiritgan. Eniston “Do`stlar”
teleserialidagi roli uchun ham gonorar qo`lga kiritmoqda. Ro`yhatda
uchinchi o`rinni aktrisa Meril Strip egallagan. “Mamma Mia” myuziklida
suratga tushgan aktrisa o`tgan yil davomida 24 million dollar ishlab
topgan. 23 million bilan Sara Jessika Parker 4-o`ringa, 20 million puli
bilan Kakeron Dias 5-o`ringa loyiq topilgan.