[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Islomiy hikoyalar
javik_0770_litoДата: Суббота, 01.05.2010, 16:48 | Сообщение # 1
Рядовой
Сообщений: 7
[ 0 ]
Oçhirilgan
Bir insondan eshitgan voqeamni sizlarga aytmoqchiman: Bir inson bor ekan dunyo ishlari bilan bo`lib, olloh yo`lida ibodatda turmas ekan, Rafiqasi homiladorlik chog`ida U inson avtohalokat tufayli vafot etibdi. Dafn qilingan qabristonida bir farishta aylanib yurar ekan, o`sha inson qabri oldidan o`tganda qabr ichida azoblanayotganini ko`rar ekan. Oradan vaqtlar o`tibdi, rafiqasi o`g`il ko`ribdi, o`g`li tilichi chiqqanda bolalik tillari bilan “La Illaha illallohu Muhammadur Rasululloh” deb aytishni o`rganibdi. Onasi unga kichiklar bilishi kerak bo`lgan narsalarni o`rgata oshlabdi. Farishta esa qabristondan o`tayotib, haligi inson qabriga nazar solibdi va qarasa qabrda azoblanayotgan inson orom olib yotgan ekan.

Добавлено (01.05.2010, 18:47)
---------------------------------------------
Bir kuni Umar ibn Xattob qilichini yalang`ochlab, Rasulullohni o`ldirmoqni qasd qilib, oldiga ketayotganida yo`lidan Na`im ibn Abdulloh uchrab qoladi. Umarning holini ko`rib qayerga ketayapsan deb so`raydi, Umar ibn Xattob:
“Qurayshning olihalarini so`kkan, ilohni yagona deb payg`ambarlikni da`vo qilayotgan Muhammadni o`ldirish uchun ketayapman “ deb javob beradi. Na`im :
“Avval singling va kuyovingga qarasang-chi, ular Muhammadning diniga kirishdi-ku! ” deydi. Umar yo`lidan qaytib, singlisining uyiga kelganida Xabbob ibn Art r.a Fotima va uning eriga Qur`on o`qib berayotgan edi. Umar eshikni taqillatadi. Fotima eshikni ochadi. Umar uyga kirmasdan oldin singlisidan Islomga kirgani haqidagi habarni rost yoki yolg`onligini surishtiradi. Keyin u kuyovini urib ketadi, buni ko`rgan singlisi u kishiga yopishadi. Umar singlisini turtib, uni ham qonga belaydi. Shunda singlisi yig`lab :
“Bizni urib o`ldirib yubor, lekin bu dindan qaytmaymiz ” deb qat`iy turib oladi. Shunda Umarning Qalbi yumshab qilgan ishidan afsuslanadi. Singlisidan Qur`on oyatlari bitilgan varoqni tortib olmoqchi bo`lganida, U:
“Sen nopoksan g`usl qilmaguningcha buni ushlashing mumkin emas ” deydi. G`usl qilib kelib varoqni qo`liga oladi. Unda “Toha” surasining quyidagi oyatlari bor edi.

“Senga Qur`onni baxtsiz bo`lishing uchun nozil qilganimiz yo`q, Faqat (Robbisidan ) qo`rquvchi kimslarga eslatma qilib tushurdik. (Bu Qur`on ) yer va buyuk osmonni yaratgan Zot tarafidan nozil qilingandir….”

Umarning qalbida bir narsa shu`lalanadi. Bu shu`la Islom nurining uchquni edi. Bu uchqun kelajakda olovga aylanib, butun dunyoni zabt ettirishi kerak edi.
Shunda Xabbob berkinib yotgan joyidan chiqib, ey Umar, hursand bo`l, Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni haqingda “Allohim, Islomni Umar bilan quvvatlagin” deb duo qilayotganlarini eshitdim” dedi.

Добавлено (01.05.2010, 18:48)
---------------------------------------------
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ertaga jangda bayroqni bir kishiga beraman, Alloh va Rasuli uni yahshi ko`radi va u ham Alloh va Rasulini yahshi ko`radi ” debdi. Ertasiga hamma sahobalar o`sha kishi o`zlari bo`lishini umid qilishganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Alini so`rab qoldilar. Sahobalar Alining ko`zlari og`riyotgani haqida habar berishdi. Rasululloh u kishini huzurlariga borganlarida haqiqatda ko`zlari og`rigan edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak qo`llarini Alining ko`zlariga tekkizib duo qildilar va ko`zlari shifo topdilar.

Сообщение отредактировал javik_0770_lito - Суббота, 01.05.2010, 16:45
MuslimaДата: Среда, 05.05.2010, 13:41 | Сообщение # 2
Лейтенант
Сообщений: 58
[ 3 ]
Oçhirilgan
javik_0770_lito, Alloh sizdan rozi bolsin
HusniddinДата: Среда, 12.05.2010, 23:12 | Сообщение # 3
Сержант
Сообщений: 24
[ 2 ]
Oçhirilgan
zor ekan surprised
QushchaДата: Воскресенье, 20.06.2010, 22:28 | Сообщение # 4
Лейтенант
Сообщений: 58
[ 0 ]
Oçhirilgan
javik_0770_lito, Rahmat Alloh rozi bulsin !

Tong yaqin...
Charchoqning og'irligi bilan o'yquga ketdi. Bir ingrash ovozidan o'yg'onib ketdi. Atrof qorong'ulik. “Tush edi
shekilli”, dedi sekin. Lablari chanqoqlikdan qo'rigandi. Chiroqni
yoqmasdan oshxonaga kirdi va qonib qonib suv ichdi va yana yotog'iga
qaytdi. Ko'zlarini uyqu bosganida, yanga takror o'sha ingrash ovozini
eshitganday bo'ldi. Ammo bu tushmi yoki o'ng farqiga bora olmasdi. Ovoz
kelgan tarafga qaradi. Ha, tush ekan, deya o'yladi. Chunki ingrayotgan
ovoz sohibi uyidagi birgina joynamozi edi.
G'ayratlangan kishi qo'rquv bilan:

- Ingragan senmiq
- Ha, dedi joynamoz.
- Nega yig'layapsanq
- Seni o'yqungdan uyg'otgan chanqoqlikni, tuyib suv ichib qondirding. Mening chanqog'imni qondiruvchi kimsa yo'q.
- Axir, sening joning bo'lmasa, qanday qilib chanqaysan.
- Bu mening ham ehtiyojim. Ammo mening chanqog'imni tavbakor bandalaringni ko'z yoshlari qondiradi.
- Tushunmadim, dedi kishi joynamozga qiziqish bilan qararkan.
- Yig'layman, chunki Allohning qo'llari qabrdagi azobdan, qiyomatda
yorug' yuz bilan tirilishni istaydilaru, lekin kechalari turib tahajjud
o'qimaydilar. Har kuni senga qarayman, lekin biron marta shukr qilib
ikki rakaat namoz o'qiganingni ko'rmadim.
- Meni o'z holimga qo'y, dedi kishi yotog'iga qaytarkan.
Joynamoz davom etti:

- Ey Allohning quli, qara, bomdod namozining vaqti kirdi. Azonda namoz
uyqudan xayrlidir, deya seni namozga chaqirmoqda. Oh, tong namozi ,
tong namozi. Namozlar ichida boshqacha namozdir. Qalb va tanani hayotga
qaytargan namozdir bu. Yetmaydimi, kecha kunduz shoshganing, Aziz va
Qahhor bo'lgan Allohning chaqirig'ini nega ijobat yetmaysanq!
Odam sekin to'shagidan boshini ko'tarib:
- Ey joynamoz, meni o'z holimga qo'y. Kunduzi ishlab juda charchaganman. Biroz dam olay, deya issiq yotog'iga burkandi kishi.
- Demak, sen dunyoni oxiratdan afzal ko'rasan.
Bu so'zlardan kishining jahli chiqdi:
- Bo'ldi, yetar, boshqa gapirma, deya baqirdi.
Bu so'zlardan so'ng joynamoz biroz jim turdi va yana sekin ovoz bilan:
- Oh, fajr vaqtidagi odamlar, Oh fajr vaqtidagi odamlar, dedi, - sen
Payg'ambarimiz s.a.v. ning bu vaqt haqidagi so'zlarini bilasanmiq “G'ar
kim quyosh chiqmasdan va botmasdan oldingi namozlarni o'qisa, otashga
kirmaydi”, va nihoyat: “Munofiqga eng og'ir kelgan namoz tonggi va
kechki namozlardir. (Bomdod va Xufton). Agar bu ikki namozning ajrini
bilsalar edi shoshilib ketardilar...”
Bu so'zlarga kishi tushagidan boshini ko'tarib:

- Haqsan, tonggi namoz haqiqatan juda unumli, dedi.
- Unday bo'lsa, tur o'rningdan, namoz o'qi.
- Ertaga InshaAlloh, bugun juda charchadim.
Joynamoz so'nggi umid bilan:
- Kishi solih amallarning ajrini bilmasa bu amallar unga qiyin ko'rinadi.
Qabrda uyquga tuyasan-ku axir. Tur namozingni o'qi, ey Allohning quli!
Bu so'zlarga kishi hech narsa deya javob bermadi. Joynamoz ham bir necha
vaqt jim qoldi. Kishi uyqusida davom etti. Chunki u umridagi eng uzun
uyquga cho'mgandi. Joynamozning oxirgi so'zlarini eshitish unga nasib
bo'lmagandi. Joynamoz esa:
- Ey tavbasini ertaga qoldirgan, ertaga uyqudan turishingga kim kafil.




Сообщение отредактировал Qushcha - Воскресенье, 20.06.2010, 22:31
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright ©    "NODIRBEK"    2009-2024