Sayt Menyu

Категории раздела
YANGILIK
SHOU-BIZNES
O'ZBEK KINO
HORIJ KINO
HIND KINO
HUJJATLI KINO
KINO YUKLASH
ENGLISH MOVIES
KONSERT
SERIAL
MULTFILM
TELE-TEATR
TV-ONLINE
RADIO-ONLINE
TV-SHOU
KLIP
MUSIC
KULGU
PROGRAMMA
MOBILE
SPORT
O'YIN
DIZAYN
ISLOM
KASHFIYOT
HAR-XIL

Поиск

Наш опрос
Sizga saytdi dezayni yoqdimi?
Всего ответов: 106

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Sayt Faoli


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Yangilik:2327



ShirinToY
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1200



ShumBola
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1100



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Yangilik:197



MasteR
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:120



Главная » 2010 » Май » 7 » Jakondaning sirli tabassumi
19:36
Jakondaning sirli tabassumi








http://forum.ziyouz.com/avatars/Har%20xil/Monaliza.jpg
Uyg‘onish davrining yorqin vakillaridan biri, mashhur italyan rassomi Leonardo da Vinchining  jahon san'ati durdonasiga aylangan ushbu asariga juda ko‘p tadqiqotlar, romanlar va she'rlar bag‘ishlangan bo‘lsa-da, hamon mazkur rasm qandaydir sir og‘ushida  hamon millionlab kishilarni jalb etmoqda. Asarda tasvirlangan xonim - Jakondaning sirli tabassumi barchani mahliyo etmoqda, hamon portreti yaratilgan ayol ismi yashirinligicha qolmoqda.

Leonardo da Vinchining "Jakonda" asariga rangtasvir san'atining ramzi, Uyg‘onish davri madaniyatining ruhi aks etgan jonli timsol, deb bejiz ta'rif bermaganlar. Shuning uchun ham  bu rasm hamon ulkan auditoriyadan iborat  umume'tiborini tortib kelayotganiga ortiqcha izoh berishning hojati yo‘q.

Diqqatingizga havola qilinayotgan ushbu esse taniqli frantsuz san'atshunosi qalamiga mansub bo‘lib, asl rangtasvir muxlislari, san'at shinavandalari bo‘lgan bizning o‘quvchilarimiz uchun ham qiziqarli bo‘lishiga shubha yo‘q.

(Kristian Kolombani, "Mond" jurnalidan qisqartirib olindi, Parij.)

"Jakonda" shon-shuhratning qalin pardasi ichida ko‘milib qoldi.  Rasmni ko‘rish umidida oshiqqan muxlislar oqimi uni ko‘rmasdan, shundoq yonginasidan o‘tib ketadilar (birgina 1990 yilning o‘zida 14 million kishi) o‘q o‘tmas oynalar va unda aks etgan oxiri ko‘rinmas kishilar oqimi ko‘hna diniy marosimlar hamda qadimiy sajdagohlar  sari intilganlarni  ko‘z o‘ngingizda gavdalantiradi. Kamolotga yetgan mukammal asar taqdiriga misol bo‘la oladi ushbu sahna.

Ehtimol Luvrning  mazkur rasm saqlanayotgan (Parijdagi olamshumul san'at  muzeyi) Kvadrat zali, hayrat sadolari to‘liq ana shu qasr, tasviriy san'at durdonalari makon topmish ushbu maskan shunday jilovlanmagan his-ehtiroslarni o‘z ichiga sig‘dira olarmikin? Qarang, albatta "Jakonda"ga bir qarang! Siz shunda Selsiy bo‘yicha 25 daraja haroratda  saqlanayotgan, yilda bir marta eskort kuzatuvida tibbiyot ko‘rigiga olib boriluvchi suratni ko‘rasiz. Endi u - sig‘iniladigan buyum, rangtasvirninggina emas, faqat uning ramzi bo‘lgan,  jilmayayotgan timsolga aylangan. Albatta, bunda  uni yaratgan sinor, nomi g‘urur-iftixorga to‘liq  Leonardo da Vinchi ham e'tirof etiladi.

Renessans: insonning mislsiz imkoniyatlari va raqobati

Renessans - bu, uyg‘onish demakdir. Inson tengsiz raqobatga kirishdi, go‘yoki ijod qilish, yaratishday buyuk istak voqelikni favqulodda ajoyib va go‘zal olamga aylantirish kabi katta xayolparastlikka aylandi.

Leonardo da Vinchi odam anatomiyasini mufassal  tadqiq qildi. U  daryolar o‘zanini o‘zgartirishni, botqoqlikni quritish ilmini egalladi, qushlardan parvoz qilish san'atini «o‘g‘irladi» va bu bilan u tabiat ustidan ustun bo‘lishni xayol qildi. Rangtasvir ijodkorning tajriba qilish joyi edi, u bu yerda muntazam ravishda yangidan-yangi ifoda vositalarini  izlay boshladi. Uning ishlash uslubidagi  yuksak tezkorlik, mahorat zamirida haqiqiy voqelik yashiringan jonli shaklga kira olish imkonini berdi. Uning qismatiga hayotning butun o‘zgaruvchanligi va murakkabligi bilan aks ettira olishday asrlarga tatigulik  vazifani bajarish bitilgan edi. 

Buyuk san'atkor faqat rassom bo‘libgina qolmaydi. U o‘z o‘y-xayollarini amalga oshirishi uchun nimalarni kashf qilmaydi! "Sen faqat inson  qalbini  tasvir et", - deya takrorlaydi u o‘z-o‘ziga.

U terak og‘ochini qo‘liga oladi, ganch bilan shuvaydi, yuzasini xuddi oynaday yaltiratib, ko‘piktosh bilan sayqal beradi. Boqiyga ketadigan  bo‘yoq olish umidida rang-barang moddalarni bir-biriga aralashtiraveradi, aralashtiraveradi. Uning mo‘yqalami shunday yengil, shunday shaffofki, hatto rentgenoskopik tahlil qilinganda ham mo‘yqalamda izini bilib bo‘lmaydi. U rasmni bir-ikki marta surtib, qurishi uchun nariga qo‘yadi. Uning ko‘zlari eng mayda narsalarni ham  ko‘ra oladi: quyosh nurlari va bir narsaning boshqasiga tushgan soyasi, toshyo‘ldagi soya hamda g‘am-qayg‘u soyasi yoki yuzdagi tabassumni osongina farq qila oladi. Rasm chizishning umumiy qonunlari, perspektiva, ko‘rinib turgan manzarani to‘g‘ri, butun boricha tasvirlash san'ati  unga faqatgina yo‘l ko‘rsatadi, xolos. Izlanishlari unga yorug‘lik-nur chiziqlarni qiyshaytirish va to‘g‘rilash imkoniyatini beradi: "Yorug‘lik-havo sharoitiga jismlarni qo‘yish - mohiyatan ularni behadlik, nihoyasizlikka mahkum etish demakdir". Endi so‘nggi ishga zo‘r berish - o‘n ming soatlab ishlash va cheksiz-nihoyasiz ishlanmalar qilish qolgan, xolos.  O‘n yillik umr, biroq bu vaqt ham uning ana shu sermashaqqat  ishni tugallashga yetmaydi.

Portret - buyuk rassomning haqiqiy manifesti. Uning zamirida daho ijodkorning zahmatli mehnati yotibdi. Rasmni  shunchaki ko‘rsatish uchungina  namoyish etmaydilar. Bu asar boshidanoq, yaratilishi, g‘alati, anaxronik tarzda  vaqtidan ilgari tug‘ilishidanoq  Leonardo da Vinchiga emas, balki Uyg‘onish davri ruhiyatiga mansub bo‘lgan.

Eng g‘ayrioddiy usullar, ilojsiz yo‘sinlar yordamida  u bu obrazga hayot baxsh etdi. Rassom bu obrazni so‘zlashga, tomoshabinni his etishga majbur etdiki, o‘tirgan ayol harakatsizligi - bir onlik, xolos, hayotda shunaqasi ham bo‘ladi, axir inson o‘z o‘y-xayollariga g‘arq bo‘lgancha, beixtiyor jilmayadi. "Jakonda" - ilohiy timsol, obraz emas,  u oddiygina ayol. Ana shu oddiygina ayol esa ilohiydir.

"Jakonda"ning o‘tmishi haqida  deyarli hech nima ma'lum emas. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qirol Frantsisk  I   bu rasmni Leonardodan 4000 tilla ekyuga sotib oladi. Aslida rassom bu asaridan o‘lgunicha ayrilishni istamagan. Bugun bu talqindagi gaplar Leonardo da Vinchi ijodi bo‘yicha tadqiqot olib borgan bir amerikalik olim tomonidan izohlab berilmoqda. Olimning  ma'lum qilishicha, rassom o‘limidan olti yil o‘tgach, bu rasm Milanda bo‘lgan. Jorjo Vazari,  XVI asrda yashab, ijod etgan rassom va yozuvchining aytishicha, arang ilg‘ab olish mumkin bo‘lgan, sirli, ma'noli tabassumni tasvirlashga harakat qilgan  Leonardo uyiga cholg‘uchilarni taklif etgan va ishdan horib, charchaganida ulardan diltortar kuylarni chalib berishini iltimos qilgan.

Asrlar o‘tib, sirni oshkor qilish umidida...

Bu ayolning ismi sharifi Mona Liza  Gerardini del Jokondo, balki Izabella Gualando, Izabella d'Este,  savoyyalik Filiberta, Konstantsiya d'Avalos bo‘lgandir... Yana kim biladi deysiz?

Rasmdagi ayolning kelib chiqishi noma'lumligi uning mashhur bo‘lib ketishiga qo‘l keladi. Bu rasm asrlar osha  g‘aroyib sir og‘ushida yashab o‘tdi. Ana shu  "elkasiga shaffof yoping‘ich tashlab olgan saroy xonimi"ning portreti  uzoq yillar qirollik  kollektsiyasining bezagi bo‘lib  keldi.  "Jakonda" rasmini goh madam de Mentenon yotog‘ida, goh Tyuilridagi Napoleon saroyida  ko‘radilar. Lyudovik XIII o‘yinqaroq go‘daklik chog‘idayoq  Katta  Galereyada osig‘liq ushbu rasmdan ayrilishni istamagan, uni Bukingem gertsogiga bergisi kelmagan: "Olamda eng zo‘r deb hisoblanmish bu rasmdan ajralish  aslo mumkin emas".  Hammayoqda - qasrlarda ham, shahardagi xonadonlarda ham - kibor oilalar qizlarini Jakondaning mashhur tabassumini o‘zlashtirib olish san'atini o‘rgatishga harakat qilishardi. Malakali rassomlar san'ati hamisha yuqori baholangan ("Jakonda"ning ikki yuzdan ortiq ko‘chirma nusxasi mavjud). Bu asar butun bir san'at maktabining dunyoga kelishiga zamin bo‘ldi, Rafael, Engr, David, Koro kabi iste'dodli musavvirlarni ilhomlantira oldi. Bu obraz hamisha kishini to‘lqinlantirib, uni hayajonga solib keldi. Tarixchi Mishle shunday deb yozgan edi: "U meni xuddi quyon qarmoqqa tushgani kabi o‘ziga tortgandan-tortardi". XIX asr oxiridan boshlab "Jakonda"ga muhabbat izhori, dil rozi bayon etilgan maktublar yo‘llana boshladi. Bu hol esa asar tarixda juda muhim voqea yuz berishiga, ya'ni uning yo‘qolib, qayta topilishiga sabab bo‘ladi.

1911 yilning 21 avgust kuni barcha gazetalar kishini tashvishga soladigan katta sarlavha ostida chop etiladi: "Jakonda" o‘g‘irlandi!" Aftidan, xitob belgisi olamshumul tashvish, xatar ostida egilib-bukilib qolganday bo‘ladi. Asar zo‘r berib qidira boshlanadi. Uning uchun qayg‘uradilar, kuyadilar.

Umumxalq ta'zimi

Frantsiya, butun olamdagi san'at muxlislari tashvishga tushganlariday, afsus-nadomat cheka boshladi. Ko‘cha cholg‘uchilari, xonandalari "Jakonda"ni aytib-aytib, yig‘lab, kuylay boshladilar. His-tuyg‘ularini jilovlay olmagan ahli jamoat es-hushini yo‘qotayozadi: 0,77x0,53 m. hajmdagi asl boylik o‘g‘irlanganligini ko‘tara olmay qoladi. "Insoniyat o‘z Madonnasidan mahrum bo‘ldi", deb yozgan edi Peladan.

 "Jakonda" 1913 yilning yanvarida o‘g‘rining uyidan topildi. O‘g‘ri  Luvrga soxta politsiyachilar kuzatuvida  kelgan san'at muxlisi,  ushbu asarning telbalarcha fidoyi muxlisi edi. "Jakonda" muxlislari  bir-biriga g‘anim  ikki lagerga bo‘lingan edi: biri ilohga sajda qiluvchilar bo‘lsalar, ikkinchi idol muxlislari edi. Ulardan biri uchun bu faqat asar bo‘lsa, ikkinchilari uchun u - ular sig‘inadigan salkam iloh edi. 1920 yilda rassom Marsel Dyushan "Dada" jurnalida  hazil tariqasida "sirli tabassumlardan biri"ni yo‘g‘on mo‘ylovli qilib chizadi va  bu hajvni so‘zlarning bosh harflarini yozish bilan izohlaydi. U aynan shu yo‘sinda ilohga sajda qiluvchilardan o‘chini oladi.

"Jakonda" har tomonlama tomosha qilina va turli yo‘llar bilan tadqiq etila boshlanadi. Asar tijorat buyumiga aylanadi.  Ana shu ayol tasviri tushirilgan mashhur suratlar xuddi non kabi sotiladi.  "Jakonda" timsoli, ramzi ko‘pgina shirkatlar tovar belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu belgilar atirlar va korsetlar, italyan ma'danli suvi va nemis sigaralari, Marokash aperitivi va belbog‘lar, qon  tozalovchi hamda tug‘ruqqa qarshi vositalarda ko‘z-ko‘z qilinadi. Leonardo da Vinchiga xuddi tirik odam singari murojaat qilina boshlanadi. Endi uni turlicha talqin qila boshlaydilar. Kimdir rasmdagi ayol homilador desa, boshqa birovi u rassomga, Leonardoga jilmayayapti, deb izohlaydi. Hattoki shunchalikka borib yetadilarki, rasmda tasvirlangan ayol erkak degan xulosaga ham keladilar. Hatto qirol Frantsisk I  asar - rassomning avtoportreti,  deb sharhlaydi. Yana Freydning fikri ham mashhur bo‘lib ketadi: "Jakondaning tabassumi - bu rassom onasining  tabassumi". Bu borada de Sadning  ta'rifi ham o‘ziga xosdir: "U - ayol malohati timsoli".

Tengi yo‘q daho

Asar atrofida to‘plangan muxlislarni ham tinchlantirish oson kechmadi. Asarning Kvadrat zalida bo‘lishi muxlislarga ma'qul tushmayotgan edi.

"Jakonda" Uyg‘onish davri ruhiyatini ortiq ifodalamay qo‘ydi. Uning endilikda Luvrda muqim turishiga ko‘proq asos bor. Yaqinda (1991 yil) Luvrning rangtasvir bo‘limi "Jakonda" muzeyiga yangitdan joylashtirish to‘g‘risida tanlov e'lon qilindi. Tanlovda yetmish nafar arxitektor ishtirok etdi. Ular orasidan yigirmata loyiha tanlab olindi. Ammo ular ham muvaffaqiyatli chiqqan deb tan olinmadi. Asarni juda bo‘lmaganda, ta'mirga berib turish, rasmda paydo bo‘lgan  qoramtir dog‘lar va sarg‘ayib ketgan lok qatlamini olib tashlash kerakdir. Lekin kim bunga jazm eta oladi? Ta'mirchi rassomlar portretga asl bo‘yoqlarni berib,  asl jilvasini qaytarsalar, ibodat shamlaridan qoraygan dog‘larni yo‘qotsalar, yana "Jakonda"day olamshumul go‘zal asarning badiiy quvvatini, shon-shuhratini qayta tiklagan bo‘lardilar. Bunday mas'uliyatli ishni amalga oshirishga  kim jur'at qila olarkin? Hozircha ana shunday kun kelishini orzu qilishga to‘g‘ri keladi.


Категория: YANGILIK | Просмотров: 1688 | Добавил: Husniddin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Saytga Kirish
Salom, Гость!
16:26

Логин:
Пароль:

FotoAlbum

Radio Online






Yangi Azolar

Maktab25
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



umid
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Jamesdaync
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Coreyken
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Календарь

Sayt Do'stlari





Faol Izohchi


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Izoh:93



Qushcha
Ball: 0
Jinsi: Ayol
Izoh:92



амаки
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:66



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Izoh:61



temyrjan
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:45




Copyright ©    "NODIRBEK"    2009-2024