Sayt Menyu

Категории раздела
YANGILIK
SHOU-BIZNES
O'ZBEK KINO
HORIJ KINO
HIND KINO
HUJJATLI KINO
KINO YUKLASH
ENGLISH MOVIES
KONSERT
SERIAL
MULTFILM
TELE-TEATR
TV-ONLINE
RADIO-ONLINE
TV-SHOU
KLIP
MUSIC
KULGU
PROGRAMMA
MOBILE
SPORT
O'YIN
DIZAYN
ISLOM
KASHFIYOT
HAR-XIL

Поиск

Наш опрос
Sizning telefoniz qanday?
Всего ответов: 252

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Sayt Faoli


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Yangilik:2327



ShirinToY
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1200



ShumBola
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:1100



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Yangilik:197



MasteR
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Yangilik:120



Главная » 2010 » Июнь » 12 » JAHON KINOSIDAGI XATOLIKLAR
23:08
JAHON KINOSIDAGI XATOLIKLAR

Kino sanoati jadal rivojlangan sari unda ijod qilaёtgan ijodkorlarning mas`uliyatini ham yanada ortishi turgan gap. Zamonamiz tomoshabinlari ham endi anoiy emas, ularni oldi-qochdi lavhalar bilan aldab bo‘lmaydi. O‘z vaqtida ko‘klarga ko‘tarilgan durona kino asarlarni ko‘p o‘tmay yer bilan bir qilishi hech gap emas. Masalan, "Gladiator” filmida 124 ta, "Titanik”da esa 187 ta , "Matritsa”da 149 ta xato qayd qilingan. Ha, kinolar qanchalik dovruq qozonsa, xatolari ham shunga yarasha o‘sib borarkan. Sababi oddiy, jiddiy filmlarni tomoshabin yanada jiddiy, sinchkovlik bilan tomosha qiladi. Quyida o‘sha mashhur filmlarda qayd qilingan xatolardan misollar keltiramiz.

"Titanik” filmida uchraydigan ba`zi xatoliklar

Kemaning old qismi botayotgan mahalda chol bilan kampir yotoqxonada qo‘lini-qo‘liga berib hayot bilan vidolashyapti, hatto tomoshabin "Joyingiz jannatdan bo‘lsin» deb qo‘yadi achinganidan, lekin birozdan keyin o‘sha "marhumlar» qayiqlarga minayotgan bo‘lishadi. Hayot baribir shirin ekan-da, yoki bu rejissyorlarning xatosimi?

Jek (Leonardo di Kaprio) va do‘sti kemaning oldida suzib borayotgan delfinlarni tomosha qilib borishadi. Lekin bitta muammo. Ikki tomoni oq bo‘lgan bu delfinlar faqatgina Tinch okeanida uchraydi. Atlantika okeaniga qandoq kelib olishdi ekan, hayron qolasan.

Rouzning yoshligini jonlantirgan aktrisaning ko‘zlari yashil, lekin uning keksaygan paytini jonlantirgan kampirning ko‘zlari esa moviy. Tavba, odam qarigandan so‘ng ko‘zining rangi ham o‘zgarar ekan-da.

Jek Rouzga sariq qog’ozga yozilgan maktub beradi, ammo "falakning gardishi bilan” Rouz xatni ochishi bilan qog’oz oq tusga kirib qoladi.

Diqqat bilan tomosha qilgan tomoshabin Jekning restoranga kirganda oynali eshikka qarab suratga olayotgan kamerachining aksini ko‘radi. Kamerachi ham bir tarixda qolay, degan shekilli.
Rouzning xonasida Pikasso mo‘yqalamiga mansub "Les Madamoiselles D'Avignoin" kartinasi ko‘rinadi va boshqa kuni shu asar muzeyda ko‘zga chalinadi. Lekin "Titanik”da na Sezanno, na Pikasso, na Monening asari bo‘lgan. Bu asar muzeylarda hozir ham savlat to‘kib turibdi.
Rouz Jekka o‘zining portretini chizgani uchun Ruzveltning surati tushirilgan 10 sent beradi, aslida bunday tangalar 1946 yildan so‘ng ishlab chiqarilgan.


"Troya”ning tarixiy xatolari

Mashhur "Troya” filmida ham juda ko‘plab xatoliklar uchraydi. Ba`zilari esa quyidagicha:

Troya qiroli Axilning chodirigi kirib ketgan bir mahalda tashqarida yomg’ir yog’atgan bo‘ladi. Shu payt birdan kutilmagan voqelik sodir bo‘ladi. Film ijodkorlaridan birining soyasi chodirga tushadi va asta-sekin yo‘qoladi.
Antik davrda yunon askarlarining hech birida mo‘ylov bo‘lmagan, lekin Troya urushida qatnashgan jangchilar bu udumga o‘sha davrdanoq bo‘ysunishgani qiziq.
Gektor Troya urushi boshlanganini xaloyiqqa xabar berayotgan paytda "Yashasin” nidolari eshitiladi. Biroq odamlarga qarasangiz og’izlari qimirlamasdan kuzatayotganiligini ko‘ramiz. Fonogramma o‘sha paytda ham bo‘lganmi, nima balo?!

Gektor yarim tunda qochishga uringan Yelenani to‘xtatgan mahalda uning ko‘zlari yig’layverganidan shishgan, ko‘z yoshlari yonoqlaridan oqardi. Biroz o‘tgach, orqasiga qaraganida porlab turgan ko‘zlari bilan boqayotgan, tog’rirog’i, boshqatdan pardoz-andoz qilgan Yelenani ko‘ramiz. Ha, Yelena shunday xususiyatga ega ekan, shuning uchun uni og’irlab kelishgan bo‘lsa kerak.

Bitta lavhada quyosh g’arbdan chiqadi, astag’firulloh.

Troyaliklar qochayotgan mahalda lamalarni ko‘ramiz. Lekin lamalar faqat Lotin Amerikasida uchraydi. Yoki Troya yaqinida hayvonot bog’i bormikan?!
Категория: YANGILIK | Просмотров: 1365 | Добавил: admin | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Saytga Kirish
Salom, Гость!
20:31

Логин:
Пароль:

FotoAlbum

Radio Online






Yangi Azolar

Maktab25
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



umid
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Jamesdaync
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Coreyken
Ball: 0
Jinsi: Erkak
izoh:0



Календарь
«  Июнь 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930

Sayt Do'stlari





Faol Izohchi


admin
Ball: 1257
Jinsi: Erkak
Izoh:93



Qushcha
Ball: 0
Jinsi: Ayol
Izoh:92



амаки
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:66



bolojon_12
Ball: 5
Jinsi: Erkak
Izoh:61



temyrjan
Ball: 0
Jinsi: Erkak
Izoh:45




Copyright ©    "NODIRBEK"    2009-2024